Emeriga "Atletiko" hujumchisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 518

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri klub rahbariyatini 24 yoshli argentinalik hujumchi Tyago Almada bilan shartnoma imzolash zarurligiga ishontirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, Emeri Almadani qishki transferlar davridayoq o'z jamoasida ko'rmoqchi. Birmingemliklar ustozining fikricha, Almadaning kelishi jamoaga hujumda kreativlik va zavq bag'ishlaydi.
Tyago Almada "Lion"dan 2025 yil yozida "Atletiko"ga o'tgan. Bu mavsumda u La Ligada 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
459