Neymar «Real» futbolchisini dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

"Santos"ning yulduz hujumchisi Neymar "Real" futbolchisidan hayratda qolganini tan oldi. Braziliyalik futbolchi 20 yoshli turkiyalik xavbek Arda Gyulerni o'z pozitsiyasidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini aytdi.
"Gyuler ajoyib fazilatlarga ega bo'lgan ajoyib futbolchi. Menimcha, u dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi," - deya Neymarning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Arda Gyuler "qirollik klubi" safida 2023 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda yosh yarim himoyachi Xabi Alonso jamoasi safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda 3 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
456