"Barselona" asosiy tarkibiga kira olmayotgan futbolchi bo'yicha "Jirona" taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442

"Barselona" xavbeki Mark Bernal vaqtincha jamoasini o'zgartirishi mumkin.
18 yoshli futbolchi asosiy tarkibda doimiy o'ringa ega emas, shu bois Kataloniya grandi uni ijaraga berish haqida o'ylamoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Katta ehtimol bilan umidli tayanch yarim himoyachisi joriy oyning o'zidayoq klubni tark etadi.
Mark Bernalga bir necha klublar, jumladan, "Jirona" ham qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda manba. Futbolchining nufuzli Transfermarkt portalidagi narxi - 10 mln evro. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning barcha musobaqalardagi 11 o'yinida ishtirok etib, bitta samarali uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356