Gvardiola zamonaviy vingerlar haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola so'nggi yillarda vingerlar qanday o'zgargani haqida gapirdi.
Yaqinda "shaharliklar" "Bornmut"dan Antuan Semenoni 75 mln evro evaziga o'z safiga qo'shib oldi.
"Ilgari biz vingerlarni ma'lum bir xususiyatlarga ega bo'lgan past bo'yli yigitlar deb hisoblardik. Hozir hammasi boshqacha: "PSJ", "Real", "Barselona" futbolchilariga qarang. Zamonaviy vingerlar Leroy Sanega o'xshaydi - baland bo'yli, oyoqlari uzun, juda tezkor. Semeno - shu tipdagi futbolchi," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi Hayters TV.
Antuan Semeno "Manchester Siti" safida shanba kuni bo'lib o'tadigan Angliya kubogi doirasida "Ekseter"ga qarshi o'yindayoq debyut qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350