«Liverpul» muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Tomonlar yangi kelishuv shartlari bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi, deb xabar berdi indykaila News.
Vengriyalik futbolchiga "Bavariya" va "Real" klublari qiziqish bildirgan, ammo u mersisaydliklar safida o'ynashni afzal ko'rgan.
25 yoshli futbolchining liverpulliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda o'ng qanot himoyasida ham o'ynay oladigan xavbek "qizillar" safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 5 tadan gol va assist qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
352