«Arsenal» o'z yulduzlari bilan yangi shartnoma imzolashda davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

Londonning "Arsenal" klubi etakchi futbolchilarning shartnomasini uzaytirish ustida ishlashda davom etmoqda.
Yaqinda klub yulduz vinger Bukayo Saka bilan yangi bitim borasida kelishib olgandi. Gunnerblog xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati yarim himoyachi Deklan Rays va hujumchi Kay Xaverts o'rtasidagi kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Tez orada har ikki futbolchi bilan muzokaralar boshlanishi mumkin.
"Arsenal" APL 21-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta'qibchilari - "Manchester Siti" va "Aston Villa"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. 11 yanvar kuni Mikel Arteta jamoasi Angliya kubogining 3-raundida safarda "Portsmut"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346