Ingliz klubi "MYu" xavbekini ijaraga olish bo'yicha muzokara boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Tobi Kollayer ijara asosida Angliyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin.
22 yoshli futbolchini Chempionship vakili "Xall Siti" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi. "Yo'lbarslar" angliyalik futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo'yicha "qizil iblislar" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Tobi Kollayer mavsumning birinchi yarmini Chempionshipning boshqa klubi - "Vest Bromvich"da o'tkazdi. Xavbek Chempionshipda 12 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349