"Atletiko" xavbeki uchun APLdan yana bir da'vogar chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 325

"Atletiko" yarim himoyachisi Konor Gallaxer Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, 25 yoshli Gallaxerga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, "Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Gallaxerning azaliy muxlisi hisoblanadi. Birmingemliklar xavbekni sotib olish sharti bilan ijaraga olishi mumkin.
Shu bilan birga, jurnalistning ta'kidlashicha, "Atletiko" Konor Gallaxerni o'z safida olib qolishga bel bog'lagan.
Avvalroq matbuot allaqachon Gallaxerni APL klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" bilan bog'lagandi. Transfermarkt portali futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
432