"Tottenxem" hujumchisi qishdayoq jamoasini o'zgartirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Matis Tel qishki transferlar vaqtida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani uchun klubini o'zgartirmoqchi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Shu bilan birga, "shporlar" 20 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan qishda xayrlashishga qiziqish bildirmayapti. Tel Angliya chempionatining joriy mavsumida 14 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.
Matis o'tgan yilning yozida London jamoasi safiga qo'shilgandi. Tomonlar 2031 yil iyun oyi oxirigacha mehnat shartnomasi tuzgan. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining bozor narxi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
432