Xoland ketma-ket oltinchi bor Norvegiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Norvegiyada o'tgan yil yakunlariga ko'ra mamlakatning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish o'tkazildi. Bu haqda futbol federatsiyasi xabar berdi.
"Manchester Siti"ning yulduz markaziy hujumchisi Erling Xoland nominatsiya g'olibi deb topildi. Hujumchi ketma-ket oltinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. "Shaharliklar" hujumchisigacha eng yaxshi deb topilgan so'nggi futbolchi Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor edi. Bu 2019 yilda sodir bo'lgan.
O'tgan yili Xoland 49 ta o'yinda ishtirok etgan. 25 yoshli hujumchi o'z hisobiga 42 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301