Gvardiola: "Jiji juda xotirjam"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola darvozabon Janluiji Donnarummaning xususiyatlari haqida fikr bildirdi.
Italiyalik futbolchi oyoqlari bilan yaxshi o'yin qura olmaydi.
"Donnarumma qisqa uzatmalarda juda, juda yaxshi. Unda Edersonning uzun uzatmalari yo'q, lekin bu borada hech bir darvozabon Edersonga teng kela olmaydi.
Jiji juda xotirjam, qisqa uzatmalar bilan hujumlarni yaxshi boshlaydi va bunday vaziyatlarda to'g'ri qarorlar qabul qiladi. U odamlar o'ylaganidan ancha yaxshiroq", dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
370