«Real» hujumchilaridan biri «Barselona»ga qarshi uchrashuvni tizza jarohati sabab o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo Goes Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi o'ynay olmasligi mumkin, deb xabar bermoqda COPE.
Manbaga ko'ra, futbolchining tizza orqa bog'lamlari bilan muammolari yuzaga kelgan va shu sababli u og'riq his qilmoqda. 10 yanvar kuni braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, natijasiga ko'ra u maydonga tushish-tushmasligi aniq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, turnirning yarim finalida «Real» «Atletiko»ni mag'lub etgan bo'lsa, «Barselona» esa «Atletik Bilbao»ga qarshi o'yinda g'alaba qozongan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378