«Liverpul» klub antirekordini takrorladi. APLda bunday holat deyarli 16 yildan beri kuzatilmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Angliya chempionatining 21-turida «Liverpul» Londonda «Arsenal»ga qarshi uchrashuvda 0:0 hisobida durang o'ynadi va klub antirekordini takrorladi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida Opta Analyst portali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mazkur o'yin so'nggi deyarli 16 yil (2010 yil mart oyidan beri) ichida «Liverpul» uchun Angliya Premer-ligasidagi raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olmagan ilk bahs bo'ldi. O'shanda, «Uigan»ga qarshi bellashuvda (0:1) ham mersisaydliklar darvoza tomon birorta ham aniq zarba bermagan edi.
Ayni paytda «Liverpul» APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Angliya — Premer-liga, 21-tur
Arsenal — Liverpul — 0:0
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
528