"Atletiko" Simeonening yonini oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2857

Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinda (1:2) "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Junior bilan konfliktga borgan Diego Simeonening tarafini oldi.
"Ajablanarlisi shundaki, ba'zi odamlar reaktsiyani tahlil qilishga qancha vaqt sarflashadi... va uni keltirib chiqargan sababni aniqlash uchun juda kam vaqt sarflashadi. Odamlar uchun oddiylik - bu klassika," - deyiladi klub matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
"Atletiko"da ta'kidlanishicha, Vinisius "Real" foydasiga penalti belgilashni so'raganida Simeone va zaxira o'rindig'iga o'tirgan futbolchilarni g'azabini qo'zg'atgan, murabbiyning javobi esa braziliyalikning dastlabki harakatlariga javob bo'lgan.
Avvalroq, Simeone o'yin davomida ikki marta futbolchining jig'iga tegishga uringani xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
416