"Barselona" APLning eng tezkor himoyachisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 572

“Barcelona” markaziy himoyani kuchaytirish uchun nomzod sifatida "Tottenxem"dan Mikki Van de Venni kuzatmoqda. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi “Tottenxem”ni tark etmoqchi va “Barsa”ga o'tishga qarshi emas.
Hozirda Transfermarkt portali Van de Venni 65 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
Mikki joriy mavsumda 27 ta o'yinda 6 ta gol urib, 1 ta assist berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
429