"Bavariya" hujumchisi bilan shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1686

Hammasi hujumchi Serj Gnabri "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishiga qarab ketmoqda. Taniqli jurnalist Kristian Falk ham Gnabri myunxenliklar bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi kerakligi haqida ma'lumotga ega.
"Bu to'g'ri. Serj Gnabri katta ehtimol bilan "Bavariya" bilan shartnomani uzaytiradi," - deb yozdi Falk o'z saytida.
Avvalroq matbuotda Gnabri bilan yangi shartnoma 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Amaldagi kelishuv kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi.
"Bavariya" Germaniya Bundesligasida 2-o'rindagi "Borussiya" Dortmundni 9 ochkoga ortda qoldirib, yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336