Nazorat o'yini. «Dinamo» Toshkentda «G'azalkent»ni yirik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

«Dinamo» jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan «G'azalkent» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O'FAga qarashli milliy futbol markazidagi sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tgan nazorat bahsida Vadim Abramov asosiy tarkibdan tashqari, bir qator yosh o'yinchilarlarni ko'rikdan o'tkazdi. Uchrashuvda jamoamizning bir qator yangi o'yinchilari ilk bor o'zaro birga maydonga tushishdi. Uchrashuvda Abramov shogirdlari Zayniddin Tojiev murabbiyligidagi Toshkent viloyati jamoasini yirik hisobda mag'lub etishdi – 6:2.
Azizbek Amonov hisobni ochgan bo'lsa, ko'rikda bo'lgan legionerlar Elnur Xaligov va Georgi Babaliev o'z hisoblariga gol yozib qo'yishdi, Xislat Xalilov 4-golni urgan bo'lsa, zaxiradan maydonga tushgan Behruzbek Obloqulov so'nggi daqiqalarda dublga erishdi.
Nazorat o'yini. Toshkent
9 yanvar (juma)
«G'azalkent» - «Dinamo» - 2:6
Gollar: Muhammadyusuf Fayzullaev 44', Vladislav Nabatov 50' – Azizbek Amonov 42, Elnur Xoliqov 46, Georgi Babaliev 53, Xislat Xalilov 73, Behruzbek Obloqulov 80, 88.
«Dinamo» (asosiy tarkib): Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Mabepa Ayessa, Jaloliddin Jumaboev, Salim Mustafoev, Sanjar Qodirqulov, Rasul Yo'ldoshev, Nurullo To'xtasinov, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzaev, Mirjahon Mirahmadov.
«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Bosh sahifaga
354