Xavi "MYu"ni boshqarishga yaqinmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 593

So'nggi kunlarda matbuot Xavini "Manchester Yunayted" bilan bog'lamoqda. "Qizil iblislar" Ruben Amorim bilan xayrlashganidan so'ng yangi murabbiy qidirmoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romano Ispaniyaning Sport nashriga bergan intervyusida Xavi Premer-ligada ishlamoqchi ekani haqida gapirdi. U "Manchester Yunayted" radarida turibdi, ammo tomonlar o'rtasida hali muloqot bo'lmagan.
"Manchester Yunayted" hozircha yangi bosh murabbiy tanlash jarayonining dastlabki bosqichida turibdi. Xavining "Old Trafford"da ish boshlashga yaqin turgani haqida gapirishga hali erta.
Xavi 2024 yilda "Barselona"ni tark etganidan buyon ishsiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360