"Napoli" "Chelsi" asosiy tarkibidan chetlatilgan futbolchiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 523

"Chelsi" vingeri Rahim Sterling faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, angliyalik futbolchini "Napoli" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Neapol klubi futbolchiga yana qiziqish bildira boshladi.
Rahim Sterling 2022 yilda "Manchester Siti"dan 56 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda 31 yoshli vinger "ko'klar"ning asosiy jamoasida birorta o'yinda maydonga tushmadi va "Chelsi"ning yoshlar jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda, chunki u klubning rejalariga kiritilmagan. Transfermarkt portali Sterlingni 5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280