Gvardiola Semeno ertangi o'yinga tayyor ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Shanba kuni "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasida o'z maydonida "Ekseter Siti"ga qarshi bahs olib boradi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga yangi kelgan Antuan Semeno maydonga tushishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
"Semeno o'yinda ishtirok etishga tayyor. U asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo'qmi, bilmayman. Ammo u aniq o'yin qaydnomasida bo'ladi," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" juma kuni "Bornmut"dan Antuan Semenoning transferini e'lon qildi.
"Manchester Siti" va "Ekseter Siti" jamoalari o'rtasidagi bahs 10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291