Rosenor "Chelsi" tarkibi bo'yicha qanday pozitsiyada ekanligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

Londonning "Chelsi" klubi qishki transferlar davrida katta transferlarni rejalashtirmayapti.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "ko'klar"ning yangi bosh murabbiyi Liam Rosenor jamoaning hozirgi tarkibidan mamnun, klub rahbariyati ham futbolchilardan qoniqish hosil qilgan. "Chelsi" agar qulay imkoniyat paydo bo'lsa, yanvarda shartnoma imzolashi mumkin, ammo shoshilinch ravishda transfer amalga oshirmaydi.
Ayni damda London grandi Premer-liga turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. 10 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida "Charlton"ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279