Vinisiusning Simeonega aytgan provokatsion so'zlari ochiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477

Matbuotda "Real" hujumchisi Vinisius Junior bilan "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone o'rtasidagi kelishmovchilik muhokamasi davom etmoqda.
El Partidazo de COPE xabar berishicha, "Atletiko"dagi manbalarga ko'ra, Vinisius penalti ko'rib chiqilayotgan vaziyatda raqib jamoa zaxira ustidan kulgan.
Simeone Vinisiusni o'yinga e'tiborini qaratishga chaqirgan, biroq Vinisius kulib shunday javob bergan: "Xotirjam bo'ling, hozir darvozangizga penalti belgilanadi".
"Real" "Atletiko"ni 2:1 hisobida engib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi. Sovrin uchun kurashda "qaymoqranglilar" "Barselona"ga qarshi o'ynaydi. O'yin 11 yanvar yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
469