Afrika Kubogi chorak final o'yini hakami uchrashuvdan bir kun oldin almashtirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Juma oqshomida Kamerun va Marokash terma jamoalari o'rtasida Afrika Millatlar Kubogining chorak finali bo'lib o'tadi. Dastlab o'yinga misrlik Amin Muhammad Omar hakam etib tayinlangan edi. Ammo, o'yindan bir kun oldin hakam almashtirildi - uchrashuvda mavritaniyalik Daxane Beyda ishlaydi.
Sportnewsafrica nashrining xabar berishicha, Marokash futbol federatsiyasi hakamning tayinlanishi kechiktirilganidan norozi bo'lgan. Keyinchalik Marokash vakillariga misrlik hakam tayinlangani yoqmagan. Natijada, Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) keraksiz bahslardan qochish uchun hakamlar brigadasini almashtirishga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281