"Manchester Siti" Semenoning transferiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

"Manchester Siti" sport direktori Ugu Viana "Bornmut"dan vinger Antuan Semenoning xaridi haqida fikr bildirdi.
9 yanvar kuni "shaharliklar" matbuot xizmati 26 yoshli futbolchi sotib olinganini rasman e'lon qildi.
"Antuan haqiqatan ham istiqbolli o'yinchi. U bizga aynan "Siti"ga o'tmoqchi ekanligini darhol bildirdi. Uning ushbu futbol klubiga bo'lgan ishtiyoqi jarayon davomida yaqqol namoyon bo'ldi," - dedi Viana klub matbuot xizmatiga.
Funktsioner Semenoning salohiyati juda katta ekaniga ishonchi komil. Uning qayd etishicha, aynan ushbu futbolchini sotib olish "Manchester Siti" uchun ustuvor maqsad bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
464