Semeno "Manchester Siti"da raqam tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

"Manchester Siti"ning yangi a'zosi Antuan Semeno yangi jamoasida 42-raqamda harakat qiladi. Ganalik o'yinchi o'z tanlovini tushuntirdi.
"Bu "Bristol Siti"da o'ynagan birinchi raqamim edi. Men 42 va 24 o'rtasida tanlov qildim, lekin 24 mavjud emas edi. Shuning uchun yana eski raqamimga qaytishga qaror qildim. U men uchun doimo ilhom manbai bo'lib kelgan," - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" safida 42-raqam ostida ivuarlik yarim himoyachi Yaya Ture to'p tepgan edi.
Semeno "Manchester Siti" bilan 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, bitim qiymati 72 million evroni tashkil etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
442