Chempionship klubi Semenoning "Manchester Siti"ga o'tishidan 12 million evro ishlab oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Bugun, 9 yanvar kuni "Manchester Siti" "Bornmut" vingeri Antuan Semeno transferini rasman e'lon qildi.
Transfer narxi 72 million evroni tashkil etdi. Gana terma jamoasi futbolchisi bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolangan.
The Times xabariga ko'ra, "Bristol Siti" Semenoning "Manchester Siti"ga o'tishi uchun taxminan 12 million evro ishlab olgan. Bunday summaga 2023 yilda vinger 10 million evro evaziga "Bornmut"ga o'tganida, kelishuvga futbolchining keyingi sotuvidan ulush kiritish bandi kiritilgani sabab erishilgan.
Joriy mavsumda Antuan Semeno barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
459