Shevale Safonov bilan raqobat haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514

"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevale Frantsiya Superkubogidagi g'alabadan keyin rossiyalik darvozabon Matvey Safonov bilan raqobat haqida gapirdi.
"Transferimdan keyingi eng yaxshi o'yinimni o'tkazdim. Ha, muvaffaqiyatliroq o'ynashim mumkin bo'lgan paytlar bo'ldi, buning ustida ishlayman. Bu jamoaga nima uchun o'tganimni bilaman. Taslim bo'lmayman va kurashishda davom etaman. Bu erda talab juda yuqori. Har bir o'yinda bor kuchim bilan harakat qilish niyatidaman," - deya darvozabonning so'zlarini keltiradi Footmercato.
"PSJ" - "Marsel" bahsi 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. O'yindan keyingi 11 metrlik bahslarda parijliklar 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Shevale ikkita penaltini qaytardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
461