Upamekanoning "Bavariya" bilan yangi shartnomasi tafsilotlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Himoyachi Dayo Upamekano "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.
L’Equipe xabariga ko'ra, frantsiyalik bilan yangi bitim 2030 yoki 2031 yilgacha imzolanadi. Futbolchining yangi kelishuv bo'yicha maoshi 20 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, futbolchi 20 million evro miqdorida imzo bonusini qo'lga kiritadi. Bundan tashqari, shartnomaga 2027 yildan kuchga kiradigan 65 million evro miqdoridagi sotib olish summasi to'g'risidagi band kiritiladi.
Dayo Upamekano "Bavariya"ga 2021 yilda "RB Leyptsig"dan 42 million evro evaziga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Himoyachi joriy mavsum myunxenliklar safida 21 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
502