"Manchester Siti" Antuan Semeno transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5450

"Manchester Siti" o'zining rasmiy saytida "Bornmut" vingeri Antuan Semeno transferini e'lon qildi. Tomonlar besh yarim yillik shartnoma imzoladi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer qiymati 75 mln evroni (65 mln funt) tashkil qilgan. Ganalik vinger "shaharliklar" safiga o'tish uchun APLning to'rtta klubiga ("Chelsi", "Tottenxem", "Liverpul" va "Manchester Yunayted") rad javobini berdi. Transferda futbolchining ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola qo'l ostida to'p tepish istagi asosiy rol o'ynadi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Antuan Semeno 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
405