O'zbekiston shaxmat terma jamoasi tarkibi yangilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

O'zbekiston erkaklar va ayollar shaxmat terma jamoasi tarkibi yangilandi. Bu haqda shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
8 yanvar, payshanba kuni mamlakat milliy terma jamoalari murabbiylar kengashining qarori asosida yaqinlashib kelayotgan xalqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoalarning yangilangan tarkibi e'lon qilindi.
“Shaxmat sport turida ichki va xalqaro musobaqalar taqvimi nihoyatda zich ekani, raqobat darajasi yuqoriligi, shuningdek, O'zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan sog'lom raqobat va barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida belgilangan tartibga ko'ra, milliy terma jamoalar tarkibi har to'rt oyda yangilanadi”, deyiladi xabarda
Unga ko'ra, erkaklar terma jamoasida ham, ayollar terma jamoasida ham uchtadan tarkib shakllantirilgan. Har bir tarkibdan 5 nafardan shaxmatchi joy olgan. Sportchilarni tarkiblarga joylashtirishda ularning FIDE reytingi hamda oxirgi natijalari hisobga olingan.
Erkaklar terma jamoasi
1-tarkib:
Nodirbek Abdusattorov (2751)
Javohir Sindarov (2726)
Nodirbek Yakubboev (2691)
Shamsiddin Vohidov (2644)
Muhiddin Madaminov (2567)
2-tarkib:
Abdulmalik Abdusalimov (2560)
Jahongir Vohidov (2516)
Ortiq Nig'matov (2459)
Muhammadzohid Suyarov (2449)
Saidakbar Saidaliev (2440)
3-tarkib:
Humoyun Bekmuratov (2429)
Bahrom Bahrillaev (2427)
Almas Rahmatullaev (2394)
Davron Sharipov (2381)
Asrorjon Omonov (2353)
Ayollar terma jamoasi
1-tarkib:
Afruza Hamdamova (2403)
Gulruhbegim Tohirjonova (2363)
Umida Omonova (2334)
Guldona Karimova (2323)
Madinabonu Halilova (2287)
2-tarkib:
Nilufarxon Imomqo'zieva (2232)
Nilufar Yoqubboeva (2195)
Asal Salimova (2177)
Marjona Malikova (2081)
Shohina Ahmedova (2056)
3-tarkib:
Maftuna Bobomurodova (2044)
Ozoda Shahzodova (2044)
Zilola Aktamova (2032)
Ruqiya Olimova (2021)
Mumtozbegim Mansurova (2020)
Ma'lumot uchun, 2026-yilda O'zbekiston 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi. 2022-yilning 31 iyul 9 avgust kunlari Hindistonning Chinnay shahrida bo'lib o'tgan Xalqaro shaxmat federatsiyasi kongressida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda FIDEning navbatdagi kongressini 2026 yil O'zbekistonda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi. 2026 yil Samarqandda bo'lib o'tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi O'zbekiston tarixida ilk marotaba o'tkaziladigan shaxmat olimpiadasi sifatida tarixda qoladi.

Bosh sahifaga
388