"Chelsi" ikki nafar yangi murabbiyni tayinladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

Londonning "Chelsi" klubi o'zining rasmiy sayti orqali yangi bosh murabbiylar shtabini taqdim etdi.
"Liam Rosenor murabbiylar shtabiga Jastin Uoker va Kalifa Sisse qo'shildi. Bungacha ikkala murabbiy ham "Strasburg"da ishlagan. Shuningdek, shtabga bosh tahlilchi Ben Uorner ham kelib qo'shildi", - deyiladi "aristokratlar" xabarida.
Rosenor "Chelsi" bilan 2032 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.
Bugungi holatga ko'ra, londonliklar 31 ochko bilan Premer-liga jadvalida atigi to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
388