"Real"ning fikricha, OAV Vinisiusni ataylab tanqid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 518

"Real" hujumchisi Vinisius Junior yana bir bor ispan OAVlarida tanqidga uchradi.
AS jurnalisti Xose Feliks Diasning ma'lum qilishicha, madridliklar braziliyalik futbolchi atrofida sodir bo'layotgan voqealarning hech biri tasodif emas, deb hisoblamoqda. "Qaymoqranglilar" ba'zi ommaviy axborot vositalari uni ataylab tanqid qilishiga va u haqida salbiy maqolalar yozishiga ishonchi komil.
Eslatib o'tamiz, kecha Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan "Atletiko" Madridga (2:1) qarshi bahsda Vinisius navbatdagi mojaroga aralashib qolgan edi. Avvaliga u muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchradi, keyin esa "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone uni g'azablantirishga urindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360