"Manchester Siti" Gexi transferini tezroq yopmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354

"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, "shaharliklar" Gexini yanvar transferlar davrida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ayni paytda klub futbolchining agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. "Manchester Siti" "burgutlar" bilan transfer summasini osonlikcha kelishib olishlariga ishonmoqda, ammo yakuniy qaror Gexida bo'ladi.
Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha turnirlar hisobida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 55 million evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360