Van de Venning Frank jamoada bo'lsa, yangi shartnoma imo'olamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven hozirgi murabbiylar shtabida klub bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Jek Pitt-Bruk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, niderlandiyalikni hozirgi o'yin modeli qoniqtirmayapti. Futbolchini saqlab qolish uchun "shporlar" murabbiyni almashtirishi va tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishi kerak bo'ladi.
Van de Ven 2023 yilda "Tottenxem" futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, van de Venning narxi 65 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342