"Inter" yarim himoyachisi APL klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi klubini o'zgartirishi mumkin. 26 yoshli xavbekda Angliya Premer-ligasida ishlash varianti bor.
Insayder Janluka di Martsioning xabar berishicha, italiyalik futbolchining transferiga "Nottingem Forest" klubi qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi "neradzurrilar" bilan Frattezining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaraga kirishdi. "Inter" yarim himoyachi uchun taxminan 35 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Joriy mavsumda Davide Italiya chempionatida to'qqizta bahsda qatnashib, birorta ham gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377