Frank - Romero haqida: "Yosh sardor bo'lganingizda, ba'zan xatolarga yo'l qo'yasiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa sardori Kristian Romeroning klub rahbariyatini tanqid qilganiga munosabat bildirdi.
"Romero klub sardori bo'lganidan keyin ko'p ishlarni to'g'ri amalga oshirdi. Ammo yosh sardor bo'lganingda, ba'zida xatolarga yo'l qo'yasan. Albatta, buni ichingizda saqlaganingiz ma'qul. Bugun ertalab u bilan hamma narsa haqida yaxshi suhbatlashdik," - deya Frankning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq, "Tottenxem" safarda "Bornmut"ga mag'lub bo'lgandi. Angliya Premer-ligasining 21-turidan o'rin olgan uchrashuv 2:3 hisobida yakunlandi.
Ayni damda "shporlar" 27 ochko bilan musobaqa jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360