"Real" Alonsoning iltimosini ham inobatga olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

"Real" rahbariyati jamoa ustozi Xabi Alonsoning iltimosiga qaramay, yanvar oyidagi transfer oynasida yangi kelishuvlarni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi bo'lgan. Biroq, "qirollik klubi" xo'jayinlari qishda yangi bitimlarni rasmiylashtirmoqchi emas.
Ispaniya chempionatida o'tkazilgan 19 o'yindan so'ng "qirollik klubi" 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.
11 yanvar kuni printsipial raqiblar Ispaniya Superkubogi finalida to'qnash kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374