Rodrigo: «Gollar Vinisiusga albatta qaytib keladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

«Real» vingeri Rodrigo Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi o'yindan (2:1) so'ng, golsiz seriyasi 19 ta o'yinga etgan Vinisius haqida fikr bildirdi.
Vinisius uchrashuvning 81-daqiqasida almashtirildi. Shundan so'ng u raqib jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan og'zaki tortishuvga kirishdi.
«Vinisiusda hammasi joyida. Albatta, hujumchi doimo gol urishni istaydi, ammo agar ma'lum bir davrda gollar bo'lmasa, jamoaga boshqa usullar bilan yordam berish kerak. U jamoa uchun mehnat qilyapti, gollar albatta qaytib keladi, chunki ular har doim qaytib keladi», — dedi Rodrigo.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
500