Gvardiola markaziy himoyachisi borasida bir qarorga kelgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1774

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Jon Stouns mavsum oxiridan keyin ham klubda qolishi ehtimoldan yiroq.
31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi olti oydan keyin tugaydi. Times Sport nashrining xabar berishicha, barcha ko'rsatkichlar ingliz futbolchisining klubdagi so'nggi mavsumini o'tkazayotganidan dalolat beradi.
"Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jarohatlar tufayli qiynalayotgan tajribali markaziy himoyachining o'rnini muntazam ravishda o'ynay oladigan yoshroq futbolchi bilan to'ldirmoqchi. Stouns "Manchester Siti"ga 2016 yil yozida "Everton"dan qo'shilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
508