«Real» 2024 yil dekabridan beri ilk sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Madridning «Real» jamoasi 2026 yil yanvar oyida 2024 yil dekabridan beri ilk sovrinini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega. Ispaniya Superkubogi–2025/2026 yarim finalida 8 yanvardan 9 yanvarga o'tar kechasi «Atletiko» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongan «qaymoqranglilar» musobaqa finaliga yo'l oldi. 11 yanvar kuni ular chempionlik uchun «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
2024 yil dekabr oyida «Real» Qit'alararo kubok sohibi bo'lgan edi. Shundan keyin «Qirollik klubi» Ispaniya Superkubogi–2024/2025, Ispaniya La Ligasi, Ispaniya Kubogi, Chempionlar ligasi hamda Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida yakuniy g'alabaga erisha olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
514