Simeone «Atletiko» — «Real» uchrashuvida Vinisius bilan bo'lgan mojaro haqida fikr bildirdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Real»ga qarshi o'yinda (1:2) hujumchi Vinisius bilan yuzaga kelgan mojaro xususida o'z fikrini bildirdi.
«Aytadigan gapim yo'q. Bolaligimizdan o'rgatilganidek, maydonda nima bo'lsa, o'sha erda qoladi. Qo'shimcha qiladigan narsam yo'q. Mojaro? Esimda yo'q, xotiram qisqa», — deya Simeonening so'zlarini Into The Calderon nashri keltiradi.
Musobaqa finalida 11 yanvar kuni «Barselona» va «Real» o'zaro to'qnash keladi. Ayni paytda Ispaniya Superkubogi sohibi — «Barselona». 2025 yilgi finalda kataloniyaliklar «Real»ni 5:2 hisobida yirik mag'lub etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
506