Roy Kin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimiga Eddi Xauni tayinlagan bo'lardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin Ruben Amorim iste'foga chiqarilgach, mankunianliklar bosh murabbiyi lavozimiga Eddi Xau tayinlanishini istashini aytdi.
"Men Eddi Xauni tayinlagan bo'lardim. U menga yoqadi. Uning ishi yoqadi. U allaqachon ko'plab o'yinlarni o'tkazdi, uning jamoalari yaxshi futbol o'ynamoqda.
Ha, Eddi hamma uchun ham yaxshi emas, uning tanqidchilari bor, lekin menga uning "Nyukasl"da qanday ishlashi va undan oldin "Bornmut"da qanday ishlagani yoqadi. U allaqachon 700-800 ta o'yin o'tkazgan, ammo hali ham yosh yigit", - dedi Roy Kin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
330