Flik: «Joan Garsiya ajoyib mavsum o'tkazmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1305

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Ligada «Espanol»ga qarshi o'yinda (2:0) darvozabon Joan Garsiyaning o'yinidan mamnunligini bildirdi.
«U ajoyib. O'ylaymanki, u bu erda ko'rgan va his qilganlarni hech qachon unutmaydi. Manolo (Gonsales, «Espanol» murabbiyi) unga ishonch berdi (avval Garsiya «Espanol»da to'p tepgan edi). Hozir u biz bilan va ajoyib o'yin ko'rsatdi.
U juda yaxshi mavsum o'tkazmoqda va g'alabaning asosiy ijodkorlaridan biri bo'ldi. Men u bilan [o'yindan oldin] gaplashdim, lekin u doimgidek xotirjam, ishonchli va diqqatli edi – shuning uchun ham u shunday darajada o'ynadi. Bugungi o'yinni ko'ring va uning qanchalik muhimligini o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz. Men uning safimizda ekanidan xursandman», – dedi Flik.

Bosh sahifaga
432