O'zbekistonlik UFC'chi faoliyatida ilk bor durang qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1125

Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 323 musobaqasida o'zbekistonlik Bogdan Guskov va polshalik Yan Blaxovich o'rtasidagi jang durang bilan yakunlandi.
Yarim og'ir vazn toifasidagi jang uch raund davom etdi. Hakamlardan biri polyakka 29:28 hisobida ustunlik berdi, qolgan ikkitasi esa 28:28 hisobini qayd etdi.
33 yoshli Guskov professional MMAda 18 ta g'alaba va uchta mag'lubiyat bilan faoliyatidagi ilk durangni qayd etdi. 42 yoshli Blaxovich 29 ta g'alaba, 11 ta mag'lubiyat qayd etgan. Yana ikki jang durang bilan yakunlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
145