"Arsenal" futbolchisini "Manchester Siti"ga qo'yib yubormadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

"Manchester Siti" Londonning "Arsenal" klubi o'ng qanot himoyachisi Ben Uaytga qiziqish bildirmoqda.
"Kanonirlar" joriy mavsumda asosiy tarkibdan doimiy o'rin egallamayotgan 28 yoshli futbolchining transfer imkoniyatlarini raqobatchi bilan muhokama qilishdan o'ylab o'tirmay voz kechishdi, deya xabar bermoqda TEAMtalk. Poytaxt grandi rahbariyati ingliz sotilmasligini ma'lum qildi. Xuddi shunday javobni futbolchiga da'vogarlik qilayotgan "Komo", "Marsel" va Madridning "Atletiko" klublari ham olishdi.
Transfermarkt saytida Ben Uaytning narxi - 38 mln evro, himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183