Messi faoliyatidagi 48-sovrinni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

"Inter Mayami" MLS kubogi finalida "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi o'yinda (3:1) zafar quchdi.
38 yoshli Lionel Messi faoliyatidagi 48-sovrinni qo'lga kiritdi. Argentinalik finalda gol ura olmadi, ammo ikkita golli uzatmani amalga oshirdi: uning uzatmalaridan so'ng Rodrigo de Paul va Tadeo Allende hal qiluvchi o'yinning 71- va 96-daqiqalarida gol urishdi. "Qo'tonlar" tarixda ilk bor MLS pley-offida g'olib bo'lishdi.
Messi "Inter Mayami" tarkibida bor-yo'g'i ikki yarim yil ichida to'rtta sovrinni qo'lga kiritdi. Biroz oldinroq jamoa Sharqiy konferentsiyadagi g'alaba uchun kubok qo'lga kiritgan va avvalroq muntazam chempionat va Ligalar kubogini yutishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182