La Liga. «Atletiko» qatorasiga ikkinchi bor mag'lub bo'ldi, bu safar Bilbaoda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Atletik" o'z maydonida Ispaniya chempionatining 15-turida "Atletiko"ni mag'lub etdi - 1:0.
Uchrashuvning 85-daqiqasida mezbonlar forvardi Alexandro Berenger yagona gol muallifiga aylandi.
"Atletik" La Liga turnir jadvalida 23 ochko bilan ettinchi o'ringa ko'tarildi. "Atletik" 31 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda, madridliklar ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Keyingi turda "Atletik" safarda "Selta" mehmoni bo'lsa, "Atletiko" o'z maydonida "Valensiya"ni qabul qiladi.
La Liga. 15-tur
7 dekabr, 01:00
Atletik - Atletiko - 1:0
Gol: Berenger, 85 (1:0)
Atletik: Simon, Paredes, Lyaport (Vivian, 33), Berchiche, Areso (Gorosabel, 82), Ruis de Galarreta (Gomes, 66), Xauregisar, Sanset (Iseta, 82), Uilyams, Berenger, Guruseta (Rego, 66)
Atletiko: Oblak, Langle (Rudjeri, 62), Pubil, Gantsko, Molina, Gallaxer (Koke, 46), Barrios, Gonsales (Raspadori, 72), Simeone, Almada (Serlot, 62), Alvares (Grizmann, 66)
Ogohlantirishlar: Xauregisar, 14. Ruis de Galarreta, 20. Lyaport, 28 - Gallaxer, 12. Koke, 90
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
182