«Valensiya»ga ham transfer muddatidan tashqarida futbolchi sotib olishga ruxsat berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223
La liga rahbariyati «Valensiya» klubiga transfer muddatidan tashqarida markaziy himoyachi sotib olishga ruxsat berdi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'rshapalaklar" himoyachisi Esekel Garay jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani bois, jamoaga yangi o'yinchini ro'yxatga o'tkazishga ijozat berildi. Shu sababli "Valensiya" o'z e'tiborini ijara asosida "Valyadolid"da o'ynayotgan «Real» himoyachisi Xavi Sanchesga qaratdi.
Hozirda tomonlar 22 yoshli futbolchini ijaraga olish borasida muzokara o'tkazishmoqda. «Valensiya» shartnomaga mavsum so'ngida futbolchining transfer huquqini to'liq sotib olish haqida band kiritmoqchi, ammo madridliklar bunga rozi bo'lishmayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!