"Liverpul" ganalik yulduz transferi uchun qancha atagani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2120

"Liverpul" Gana terma jamoasining 25 yoshli hujumchisi Antuan Semeno bilan shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mersisaydliklarning bu yo'lda asosiy raqobatchisi "Tottenxem" bo'lishi kerak.
TEAMtalk nashri tarqatgan xabarga ko'ra "Liverpul" hujumchini 70 mln evroga baholamoqda. Bundan tashqari, manbalar Semenoga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotganini yozmoqda.
Semeno 2018 yildan beri APLda o'ynaydi, avvalroq "Bristol Siti", "Sanderlend" klublarida o'ynagan. Bu mavsumda u "Bornmut" safida APLda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
139