Anchelotti Italiya terma jamoasini JCh finalida ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionatining ehtimoliy finali haqida o'z fikrini bildirdi.
Anchelottining aytishicha, u sovrin uchun kurashda Italiya terma jamoasi bilan bellashishni istaydi.
"Italiya terma jamoasi pley-offdan, ya'ni murakkab bosqichdan o'tishi kerak. To'g'risini aytsam, ular buning uddasidan chiqadi deb o'ylayman. Shundan so'ng ular bilan finalda uchrashishni xohlardim. Bundan hamma - italiyaliklar, braziliyaliklar va ayniqsa men xursand bo'lardik. His-tuyg'ular nuqtai nazaridan bu men uchun ajoyib bo'lardi," - deya Anchelottining so'zlarini La Gazzetta dello Sport keltiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
160